Fatih Oncu
Turkiy Xalq Ertaklaridan Namunalar: Turk Dunyasi Masallarindan Secmeler
Turkiy Xalq Ertaklaridan Namunalar: Turk Dunyasi Masallarindan Secmeler
Couldn't load pickup availability
Ertak g‘ayritabiiy voqea-hodisalar haqida so‘zlovchi hikoyalardir (O‘zo‘n, 1967, 671). Boshqacha aytganda, ertak tarbiya va axloq uchun foydali bo‘lgan hikoyadir (Devellio‘g‘lu: 1993, 625). Turk tilining izohli lug‘atida esa ertak so‘ziga shunday ta’rif berilgan: g‘ayritabiiy voqea, sarguzashtlarga boy, odatdan tashqari qahramonlar ishtirok etuvchi, kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan hikoya (Büyük Türkçe Sözlük: 1990: 745).
Ertaklar xayoliy voqealarga va qahramonlarga boy bo‘lgan xalq hikoyalaridir. Ertak nasr yo‘lida yaratilgan, butunlay xayoliy voqealar, amalga oshirib bo‘lmas ishlar, aqlga sig‘mas hodisalar ifoda etilgan qisqa ko‘rinishdagi hikoyadir (Boratov: 1992: 75). Ertak qahramonlari hayvonlar, tabiatdagi jonli, jonsiz narsalar bo‘lib, voqea ham ertaklar dunyosida kechadi. U xayolning so‘zdagi ifodasidir (Sakao‘g‘lu: 2002: 5).
Share
